01:39 / 24.09.2015
4761

KUN.UZ dayjesti: 23 sentabrda keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 23 sentabr kuni keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlarni takroran havola etamiz.

Markaziy Osiyo davlatlari suriyalik qochqinlarni qabul qila oladimi? Ekspertlar javob berdi>>

Dushanba kuni Britaniya parlamentida chiqish qilgan lord Desai suriyaliklarning katta qismini Markaziy Osiyo mamlakatlariga ko‘chirish mumkinligini ta'kidladi

Rossiya temir yo‘llari O‘zbekistonga chiptalar uchun 45 foiz chegirma e'lon qildi>>

“Rossiya temir yo‘llari” AJ O‘zbekiston reyslari uchun 45 foiz chegirma e'lon qildi

OAV: kelinning sepiga 5 mln dan 50 mln gacha sarflanmoqda>>

Shakti Arora Toshkentga kelmaydi>>

Biroz oldinroq, xonanda Bahriddin Zuhriddinov joriy yilning 1-2 noyabr sanalarida "Jo‘shqin qalbim sadosi" nomli ilk yakkaxon konsert dasturini muxlislar e'tiboriga havola etishi va bu konsertga syurpriz sifatida "Ranvir" roli orqali o‘zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Shakti Arora taklif etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi

O‘zbekistonda xorijlik firibgar soxta Zepter idish-tovoqlarini o‘z uslubida sotishda davom etmoqda>>

O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti o‘qituvchisi Shuhrat Qudratxo‘jayev feysbukdagi sahifasida xorijlik firibgarga duch kelgani haqida xabar qoldirdi

Suriyada Qurbon hayiti bayram sifatida nishonlanmaydi>>

Suriyadagi musulmonlar butun dunyo bo‘ylab Qurbon hayiti bayrami bo‘lib o‘tadigan 24 sentabr kunida mamlakatdagi siyosiy mojarolar tufayli halok bo‘lganlar xotirasi uchun bayram qilishmaydi

Xitoy qiruvchisi AQSh samolyoti bilan xavfli manyovrni amalga oshirdi>>

XXR Harbiy havo kuchlari qiruvchisi AQShning razvedkachi samolyoti yonida xavfli manyovrni amalga oshirdi

Kreml AQShning Germaniyada yadroviy qurol joylashtirishiga qarshi chora ko‘rishga tayyor>>

AQSh Germaniya aviabazalarida atom bombalari joylashtirish fikridan qaytmagan taqdirda Rossiya bunga qarshi kontrchoralar ko‘rishga majbur bo‘ladi

Don Balon: Krishtianu Ronaldu "Real"ni tark etishga qaror qildi>>

Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu madridliklar safini tark etishni istamoqda

Shumaxerning vazni 45 kg bo‘lib qoldi>>

"Formula-1" poygalarida 7 marta chempion bo‘lgan poygachi Mixael Shumaxerning vazni ayni paytda 45 kilogrammni tashkil qiladi

Xorazmda shifokorning sustkashligi tufayli ikki oylik chaqaloq halok bo‘ldi>>

Xorazmning Qo‘shko‘pir tumanida ikki oylik chaqaloq shifokorning sustkashligi tufayli halok bo‘ldi

OAV: Rossiyada go‘daklarning murdalari ko‘chalardan topilishi hollari ko‘paymoqda>>

Ushbu oyda Rossiyaning turli burchaklarida yangi tug‘ilib, onalari tomonidan tashlab ketilgan chaqaloqlarning jasadlari topilish holatlari ko‘p kuzatildi. 17 sentabrda Moskvada nafaqaxo‘r ayol chiqindi qutisida go‘dak murdasini topib oldi

Top