09:02 / 24.09.2015
1991

Rafael Benites: Benzemaga bu mavsumda kamida 20ta gol urish vazifasi topshirilgan

"Real" jamoasi bosh murabbiyi Rafael Benites "Atletik"ka qarshi safarda kechgan g‘alabali o‘yin (2:1) haqidagi fikrlarini bildirdi.

Ushbu o‘yinda madridliklar safida 2 golga ham Karim Benzema mualliflik qildi va g‘alabani ta'minladi. Ushbu hujumchi Ispaniya chempionatidagi 4 uchrashuvda 5ta gol urdi va bu borada jamoadoshi Krishtianu Ronaldu bilan tenglashib oldi.

"Biz g‘alaba qozondikmi, demak jamoa barchasini to‘g‘ri bajargan. Ayniqsa birinchi taymda futbolchilar yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Ikkinchi taymda esa kuchni tejab o‘ynadik.
Benzema yuqori toifali hujumchi. U Ronaldu bilan yaxshi juftlik hosil qiladi. Ular ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratishdi. Benzemaga joriy mavsumda 20-25ta gol urish topshirig‘i yuklatilgan.
Jamoaning o‘yini istaganimdek rivojlanmoqda. Odamlar Bilbaoda bizni jiddiy sinov kutayotgani haqida aytishayotgandi. Biz bu sinovdan a'lo baho bilan o‘tdik, deyishim mumkin.
Kovachichning o‘yinlarini ham alohida e'tirof qilishim kerak. Men uni Italiyada ishlagan vaqtim sinchiklab o‘rgangandim va uning jamoaga nima bera olishini yaxshi bilaman", deydi Benites.

Top