18:04 / 25.09.2015
2769

Amerika politsiyasi Delaver shtatida nogironlar aravachasidagi kishiga o‘q uzdi

AQShning Delaver shtati politsiyasi xodimlari ularga to‘pponcha bilan tahdid qilgan nogironni otib tashladi, deya xabar berdi CNN telekanali.

Huquqni himoya qilish organlariga mahalliy vaqt bilan 15:00da o‘z joniga to‘pponcha bilan qasd qilmoqchi bo‘lgan qurolli kishi haqida xabar kelib tushgan.
Hukumat ma'lumotiga ko‘ra, hodisa joyiga yetib kelgan politsiyachilar nogironlar aravachasiga mixlangan Jyeremi MakDoul qo‘lida to‘pponcha tutgan holda politsiya xodimlarining talabani bajarmagan.

Huquq himoyachilari so‘zlariga ko‘ra, yosh yigit qurolni tushirish haqidagi talabga javob tariqasida to‘pponchali qo‘lini ko‘tarishni boshlagan. Ayni shu vaqtda politsiyachilar nogironga qarata o‘q uzishgan.
Vafot etganning yaqinlari taqdim etgan videoyozuvda qurolni tushirish talabi eshitilgan, biroq MakDoul politsiya xodimlariga qurol bilan tahdid solganmi-yo‘q – ko‘rinmagan. Hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Top