00:01 / 25.09.2015
4410

Avstraliyalik ayol iPhone 6S xarid qilishga navbatni egallash uchun o‘z o‘rniga robotni yubordi

Avstraliyalik ayol Lyusi Kelli iPhone 6S xarid qilishga navbat kutib o‘z vaqtini sarflashni istamadi va o‘z o‘rniga robotni yubordi, deb xabar bermoqda Mashable.com sayti.

iPhone 6S va iPhone 6S Plus smartfonlarining savdosi boshlanishiga oz fursatlar qolmoqda va odamlar yangi qurilmalarni sotib olish uchun xalitdan navbatga turmoqdalar. Lyusi Kelli o‘zining idorasida o‘tirgan bir paytda uning Lyusi laqabli roboti yangi smartfonni sotib olish uchun navbat egallamoqda. Ayol ishlaydigan Atomic 212 kompaniyasi o‘z xodimlarining ishlarini yengillashtirish maqsadida shunday robotlardan 6 tasini ishlab chiqqan. Shu tarzda kompaniya rahbari o‘zi Balida bo‘lgan paytda Sidneyda roboti yordamida yig‘ilish o‘tkazgan.     

“Biz robotlardan yangi texnologiyalar nimalarga qodirligini ko‘rsatish maqsadida barcha ishlarni bajarishda foydalanamiz. Bu kelajak – texnologiyalar ortida ekanligiga yaxshi misoldir”, deb aytmoqda Lyusi. Uning aytishicha, bu qayerda bo‘lishdan qat'iy nazar, o‘z oldida faqatgina iPad’ga ega bo‘la turib, boshqa odamlar bilan aloqada bo‘lishga yordam beradi.

Avvalroq iPhone 6S smartfonlari savdosi avvalgi yildagiga nisbatan ko‘proq bo‘lishi va birinchi uikendda 4,5 mln qurilmani tashkil qilishi ma'lum qilingandi. 

Top