21:36 / 25.09.2015
2713

Ekstremizm va terrorchilikni targ‘ibot qilgani uchun Qozog‘istonda Vimeo saytiga kirish to‘sib qo‘yildi

2015 yil 7 sentabrda Ostona shahrining Yesil tuman sudi Vimeo videoportali va boshqa bir qator internet-resurslarni Qozog‘iston qonunchiligiga xilof deb topdi va ularning Qozog‘iston hududida faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi, deb xabar bermoqda Ostona shahar sudi matbuot xizmati.

“Umuman Vimeo internet-resursi shafqatsizlik va zo‘ravonlik hamda terrorchilik va diniy ekstremizmni targ‘ibot qiluvchi katta miqdordagi videomateriallarga ega”, deyildi sudda.

Matbuot xizmatida qayd etilishicha, internet-resurslar tomonidan tarqatiluvchi materiallar tahlili ularning qonunga zid xarakterdaligidan guvohlik beradi, chunki bu materiallar terrorchilik faoliyatini amalga oshirishga chaqiriqlarga ega, ularda bunday faoliyat asoslab oqlangan. Qozog‘istonning “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi” qonuniga muvofiq, Qozog‘iston hududida bunday turdagi faoliyat taqiqlangan.

Top