19:44 / 25.09.2015
2415

Yevropaga dengiz yo‘li bilan kelgan qochqinlar soni 500 mingga yaqinlashdi

Shu yilning boshidan buyon O‘rta Yer dengizi orqali Yevropaga Afrika va Yaqin Sharqdan 488 ming qochqin kelgan. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkiloti axborot berdi.
Aytilishicha, muhojirlarning ko‘pchiligi Gretsiya orqali kirib kelmoqda. Bu yo‘ldan 257 ming kishi foydalandi. Shulardan 175 ming nafari suriyaliklardir.
Shuningdek, ular orasida Afg‘oniston, Pokiston, Iroq fuqarolari borligi aytilmoqda.

Top