22:35 / 25.09.2015
6955

FIFA prezidenti Yozef Blatterga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Shveytsariya hukumati FIFA prezidenti Yozef Blatterga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi, deb xabar bermoqda tvitterda AR axborot agentligi.

FIFA qarorgohida hamda Yozef Blatterning ofisida tintuvlar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Bu haqda Shveytsariyaning bosh prokurori ma'lum qildi. Uning aytishicha, tintuvlar paytida ma'lumotlar musodara qilingan. FIFA prezidenti UYeFA prezidenti Mishel Platiniga noqonuniy tarzda 2 mln shveysar franki o‘tkazib berganlikda gumon qilinmoqda.

Avvalroq Blatter FIFA AQSh va Shveytsariya tomonidan FIFAning ba'zi yuqori lavozimli vakillariga nisbatan olib borilayotgan aksilkorruptsion tergovlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ma'lum qilgandi.

Top