17:55 / 25.09.2015
3757

Mino vodiysidagi ziyoratchilar lagerida kelib chiqqan yong‘in o‘chirildi

Makka shahridag 5 kilometr masofadagi Mino vodiysida ziyoratchilar chodirlarida kuchli yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Livandagi "Ad-Diyar" nashri elektron saytida e'lon qildi.
Xabar qilinishicha, yong‘in misrliklar chodirlarida paydo bo‘lib, Livan lageriga tomon siljiy boshlagan.

Saudiyalik o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf etishgan. Jabrlanganlar haqida hozircha rasmiy xabar kelib tushgani yo‘q. "Ad-Diyar"ning qayd etishicha, yong‘in payshanba kuni tiqilinchlar vujudga kelgan hudud yaqinida joylashgan.

Top