16:09 / 25.09.2015
2642

O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan neft-gaz sohasi xodimlarini tayyorlash masalasini muhokama qiladi

O‘zbekistonga Rossiyaning MDH, xorijda yashovchi vatandoshlar va xalqaro insonparvarlik hamkorlik bo‘yicha federal agentligi (Rossotrudnichestvo) rahbari Lyubov Glebova O‘zbekistonga qisqa muddatli tashrif bilan keladi.

Sputnik xabariga ko‘ra, Lyubov Glebova 25 sentabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekiston Respublikasi neft-gaz sanoati tashkilotlari uchun xodimlar” xalqaro konferensiyasida ishtirok etadi. Mazkur tadbir “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” kompaniyasi, “O‘zbekneftegaz” MXK va Toshkent shahrida I.M. Gubkina nomidagi Gaz va neft rossiya davlat universiteti filiali tomonidan tashkil etildi.

Forum ishtirokchilari, xususan, 2020 yilga qadar O‘zbekistonda neftegaz sohasidagi loyihalarning investitsion va texnologiya asoslarini muhokama qilib, yaqin 10 yil ichida soha korxona va tashkilotlarida ishchi-kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash hamda respublikada texnik mutaxassisliklarni o‘qitish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishadi.

Tomonlar O‘zbekistonning muhandis-texnik ishchilarini Rossiya oliy ta'lim muassasalarida tayyorlash hamda mazkur yo‘nalishlarda respublika vakillari uchun qo‘shimcha kvotalarni taqdim etish masalalarini aniq va batafsil ko‘rib chiqishni rejalashtirgan.

Top