20:13 / 25.09.2015
6689

Qatardagi futbol bo‘yicha jahon chempionati 2022 yilning 21 noyabr-18dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi

FIFA ijroiya qo‘mitasi Tsyurixdagi yig‘ilishda Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi jahon chempionati o‘tkazilishi muddatlarini tasdiqladi. Musobaqa 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabrigacha o‘tkaziladigan bo‘ldi, deb ma'lum qilindi tashkilotning rasmiy matbuot-bayonotida.

Dohada fevralda 2022 yilgi jahon chempionati ishchi guruhining yig‘ilishida jahon chempionatini Qatarda yoz paytida juda issiq havo bo‘lishi sababli noyabr-dekabr oylari o‘tkazish taklif qilingan edi. FIFA ijroiya qo‘mitasi 19 mart kuni 2022 yilgi jahon chempionati finali 18 dekabrda o‘tkazilishini, musobaqaning o‘zi esa Yevropa milliy chempionatlariga kamroq ta'sir o‘tkazishi maqsadida odatdagi 31-32 kun o‘rniga 28 kun bo‘lishiga qaror qilingan edi.

Qatardagi jahon chempionati muddatlari ijroiya qo‘mita tomonidan 2018-2022 yilgi xalqaro taqvimni qabul qilish doirasida tasdiqlandi.

Top