10:59 / 25.09.2015
5875

Si Tszinpin AQShga oddiy yo‘lovchi samolyotida uchib keldi

XXR raisi Si Tszinpin AQShga Air China kompaniyasiga tegishli oddiy yo‘lovchi samolyotida uchib keldi. Bu haqda The South China Morning Post nashri xabar bermoqda.

XXR TIV protokol departamenti sobiq direktori Lu Peysinning so‘zlariga qaraganda, Xitoy yetakchisi Boeing 747-400 layneridan foydalangan. Samolyot maxsus tayyorlanib, unda mehmonxona, yotoqxona va ish kabineti yaratilgan. Bir oy mobaynida qo‘riqlash xizmati uni texnik ko‘rikdan o‘tkazgan va ekipaj tanlovi bilan shug‘ullangan.

Odatda Tszinpin B-2447 va B-2472 laynerlaridan foydalanadi. Uning safarlaridan so‘ng samolyotlar qaytadan jihozlanib, muntazam reyslarda qo‘llanadi.
2001 yilda XXRning o‘sha paytdagi raisi Tszyan Tszemin o‘z bortiga ega bo‘lish maqsadida laynerlardan birini AQShning San-Antonio xalqaro aeroportiga qaytadan jihozlashga yuborgan edi. Ammo tekshiruv davomida Xitoy maxsus xizmatlari bortdan 27ta eshitish uskunalarini topdi.

Top