11:41 / 25.09.2015
3681

Xabarovskda 1935 yil aviahalokati qurbonlari topildi

Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida 1935 yili qulagan samolyotda halok bo‘lgan 4 kishining qoldiqlari topildi. Bu haqda “Rossiya qidiruv harakati”ga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Aleksanrovsk-Saxalinsdan Xabarovskka uchib ketayotgan “Savoyya-Marketti S-55” samolyoti 1935 yil iyunida g‘oyib bo‘lgan edi. Uning bortida jami 12 kishi bor edi. Ular Xabarovskka 2 mln rubl eltayotgan edi. Bu samolyot qoldiqlari hamda u yerdagi bir qancha jasad harakat a'zolari tomonidan topildi.
Aytilishicha, jasadlardan biri ayol kishiga tegishli.

Top