18:26 / 25.09.2015
2010

Yaponiyalik Intsumi Tabira Qoraqalpog‘istondagi bolalar kutubxonasida qoraqalpoq tilini o‘rganmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi axborot-resurs markazining yangi binosi 2015 yil aprel oyida foydalanishga topshirilgan edi. “Istiqlol” dam olish markazida qad rostlagan ushbu inshootning qurilishi uchun 4 milliard 125 million so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi.
Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, 5 mingdan ortiq kitob fondiga ega bo‘lgan ushbu axborot-resurs markazida o‘zbek, qoraqalpoq, qozoq, rus, ingliz, yapon tillaridagi kitoblar, badiiy adabiyotlar qatorida CD-disk, audio-video tasma, chet tillarni o‘rganish dasturlari ham mavjud. “Yangi axborot texnologiyalari va internet sinf xizmati” bo‘limidagi 24 ta kompyuter “ZiyoNET” tarmog‘iga ulangan.
Axborot-resurs markazida Yaponiyadan kelgan o‘qituvchi Intsumi Tabira kutubxonada qoraqalpoq tilini o‘rganmoqda. Bir vaqtning o‘zida, u bolalarga yapon tilini o‘rgatmoqda.

Top