01:14 / 26.09.2015
3054

AQSh va Xitoy internetda bir-birlariga hujum qilmaslikka kelishib oldilar

Oq uyda AQSh prezidenti Barak Obama va Xitoy yetakchisi Si Tszinpin bergan qo‘shma matbuot-anjumanida ularning davlatlari internet orqali bir-birlariga nisbatan kiberhujumlar amalga oshirmaslikka yoki intellektual mulkni o‘g‘irlashni qo‘llab-quvvatlamaslikka kelishib olganlarini ma'lum qildilar, deb xabar bermoqda CNBC telekanali.

Obama ma'muriyatining ma'lum qilishicha, AQSh va Xitoy xalqaro hamjamiyat doirasida o‘z davlatlarining kiberhududdagi xatti-harakatlari me'yorlarini ishlab chiqishga moyillik bildirdilar va internet sohasida o‘zaro munosabatlarni kelgusida muhokama qilish bo‘yicha ekspert guruhini yaratishni rejalashtirishmoqda.

Top