19:26 / 26.09.2015
2897

Yevropa Ittifoqi 2017 yildan Turkiya fuqarolariga kirish vizalarini bekor qilishi mumkin

Agar Anqara chegara nazoratini tegishli ravishda yo‘lga qo‘ysa va o‘z fuqarolariga biometrik pasportlar bersa, Turkiya fuqarolari Yevropa Ittifoqiga vizasiz kirishlari mumkin bo‘ladi.

Yevropa Ittifoqi 2017 yildan Tukriya fuqarolariga kirish vizalarini bekor qilishi mumkin.
“Mening fikrimcha, agar tegishli shartlar bajarilsa, ikki yildan keyin Shengen hududiga kirmoqchi bo‘lgan Turkiya fuqarolari uchun viza tartibini bekor qilish mumkin”, deb aytdi 26 sentabrda Welt am Sonntag nemis nashriga YeIning kengayish va qo‘ni-qo‘shnichilik siyosati masalalari bo‘yicha komissari Yoxannes Xan.

Xan viza tartibining bekor qilinishi shartlari orasida chegara nazorati, biometrik pasportlarning berilishi hamda Anqaraning YeI bilan kirish uchun qalbaki hujjatlarni aniqlashda hamkorlik qilishini aytdi.

Shu bilan birga Xan Turkiya hukumatining ichki siyosatini “ayni paytda Turkiya yevropacha yo‘nalishda ketmayotgani”, jumladan korrupsiyaga qarshi, fikrlarning erkin bildirilishi, milliy kamchiliklar huquqlariga amal qilish va sud organlari mustaqilligi masalalariga amal qilinmayotganini aytib tanqid qildi.

Top