«Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Ueyn Runi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Runi bilan birga o‘ynagan vaqtlarimni sog‘inaman. Balki, vaqti kelib yana birga o‘ynarmiz. U Angliyada "oltin yigit" edi, uni barcha yaxshi ko‘rardi. Runining eng kuchli jihati uning xarakteri va jismoniy imkoniyatlarida. U hech qachon to‘xtab qolmaydi.
U ajoyib jamoaviy o‘yinchi va eng muhimi u gol ura oladi. Ueyn ajoyib yigit. «Manchester Yunayted»ga o‘tganimda, u menga ko‘p yordam bergan, – deydi Krishtianu Ronaldu.