01:42 / 26.09.2015
7594

KUN.UZ dayjesti: 25 sentabrda ro‘y bergan eng asosiy xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 25 sentabr kuni ro‘y bergan eng asosiy xabarlarni takroran havola etamiz.

O‘zbekiston xalq artisti O‘lmas Alixo‘jayev vafot etdi>>

Bugun O‘zbekiston xalq artisti O‘lmas Alixo‘jayev 73 yoshida vafot etdi

Saudiya Arabistoni qiroli hajning o‘tkazilish tartibini qayta ko‘rib chiqishga buyruq berdi>>

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Al-Saud haj paytida yuz bergan ko‘plab insonlar o‘limiga olib kelgan fojialar ortida hajning o‘tkazilish tartibini qayta ko‘rib chiqishga buyruq berdi

Makkadagi tiqilinchlikda 7 davlat fuqarolari halok bo‘lgani aytildi>>

Kecha Mino vodiysida yuzaga kelgan tiqilinchlik oqibatida halok bo‘lgan 717 kishilar orasida 7 davlat fuqarolari bor ekanligi aytildi

Qozog‘istonda Orol dengizi qayta tirilmoqda>>

Orol fojiasini yumshatish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natija bermoqda

Obama Putin bilan Ukraina va Suriyadagi vaziyatlarni muhokama qilmoqchi>>

AQSh prezidenti Barak Obama Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi chog‘ida Ukraina va Suriyadagi vaziyatlarni muhokama qilmoqchi

“O‘zbektelekom” O‘zbekiston bo‘ylab Wi-Fi tarmoqlarini kengaytiradi>>

ICT WEEK Uzbekistan-2015 haftaligi doirasida 2015 yilning 16 sentabrida Samarqand shahrida “AKT va turizm” konferensiyasi bo‘lib o‘tgan edi

Rahmon mamlakatdagi notinchlikda “xorijlik xo‘jayin”larni aybladi>>

Tojikiston prezidenti Emamali Rahmon mamlakatdagi notinchlikda “xorijlik xo‘jayin”larni aybladi

Saudiya Arabistoni hukumati ziyoratchilarni yo‘l-yo‘riqlarga rioya qilmaslikda aybladi>>

Ziyoratchilarning avvaldan taqdim etilgan yo‘riqnomaga rioya qilmagani Makka shahridan 700 kishidan ortiq kishining o‘limiga olib keldi

Qozog‘iston darsliklari Ukrainaning noroziligiga sabab bo‘ldi>>

Qozog‘iston TIV Ukraina hukumatidan mamlakat maktab darsliklaridagi ayrim kamchiliklar tufayli norozilik notasini oldi

Olma-Ota MDHning eng yaxshi moliyaviy markazi deb tan olindi>>

Olma-Ota shahri MDHning eng yaxshi moliyaviy markazi deb tan olindi

TIV: Mino vodiysidagi fojyeadan halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q>>

O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistoni Podshohligidagi diplomatik vakolatxonalarining ma'lumotiga ko‘ra, 2015 yil 24 sentabr kuni Makka shahri yaqininidagi Mino vodiysida kelib chiqqan fojyea oqibatida halok bo‘lgan ziyoratchilar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q

"Aeroflot" va "Transaero"ga Ukrainaga parvoz qilish man etildi>>

kraina hukumati juma kuni Rossiya aviakompaniyalarining mamlakatga reyslar amalga oshirishini man qildi

Qatardagi futbol bo‘yicha jahon chempionati 2022 yilning 21 noyabr-18dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi>>

FIFA ijroiya qo‘mitasi Tsyurixdagi yig‘ilishda Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi jahon chempionati o‘tkazilishi muddatlarini tasdiqladi

FIFA prezidenti Yozef Blatterga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi>>

Shveytsariya hukumati FIFA prezidenti Yozef Blatterga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Kuba rahbari 15 yildan buyon birinchi marta Nyu-Yorkka keldi>>

Kuba rahbari Raul Kastro 15 yildan buyon birinchi marta Nyu-Yorkda tashrif buyurdi

Indoneziyada zilzila oqibatida 62 kishi aziyat chekdi>>

Indoneziyaning G‘arbiy Papua viloyatida 6.6 balli zilzila ro‘y berdi, deb xabar beradi

BMTda global rivojlanish bo‘yicha sammit ochiladi>>

25 sentabrda BMTda global rivojlanish bo‘yicha sammit ochiladi. Uch kun davomida 150 dan ortiq davlat yetakchilari va 30 dan ortiq vazirlari “Barqaror rivojlanish maqsadlari” hujjatini qabul qilishlari kerak bo‘ladi

Top