11:33 / 26.09.2015
4351

OKMKda chorvachilik kompleksi qurilishida qariyb 500 mln so‘m pul o‘zlashtirib yuborilgani aniqlandi

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) tomonidan boshlangan chorvachilik kompleksi qurilishida pudratchi kompaniya tomonidan 500 mln so‘m kamomadga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Rameks MJCh 2013 yilda 3 mlrd so‘mlikdan ziyod qurilish ishlarini amalga oshirishni o‘z zimmasiga olgan, ammo rejani vaqtida bajara olmagan. Natijada korxona mutaxassislari bajarilgan ishlar yuzasidan tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruv davomida aniqlanishicha, 459.5 mln so‘mlik ishlar chala bajarilgan yoki umuman bajarilmaganiga qaramay, amalga oshirilgan xarajatlar ro‘yxatiga yozilgan.
Bundan tashqari, korxonaning 378 mln so‘m kreditni to‘lamay kelayotgani, davlatdan 871 mln so‘m daromadini yashirgani, buning natijasida 154 mln so‘mlik soliqlar to‘lanmay qolgani aniqlandi.

Rameks MJCh direktori Shavkat Usmanovga eng kam oylik ish haqining 310 barobari miqdorida jarima, shuningdek, 3 yillik axloq tuzatish ishlariga hukm qilindi. Uning davlat manfaatlariga yetkazgan zarari esa undirildi.

Top