07:02 / 26.09.2015
2588

Stiven Jyerrard: «Mourinyu o‘z rahbarligi ostida meni uchta turli klubda o‘ynashimni istagan”

Hozirda AQShning “Los-Anjyeles Gelaksi” futbol klubida to‘p surayotgan Stiven Jyerrard “Liverpul”da o‘ynagan paytida Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu bilan yaxshi munosabatlarda bo‘lganini aytdi.

“Mourinyu uch marta uning rahbarligi ostida uchta turli klubda o‘ynashimni istagan. “Real” menga anchagina pul berishga tayyor edi, biroq men “Liverpul”ni tark etishni istamaganman.

Men Mourinyuning murabbiylik faoliyatiga qoyil qolaman, u o‘ylaymanki, mening futbolchilik faoliyatimga tan beradi. U, shak-shubhasiz, dunyodagi eng zo‘r murabbiylardan biri.

Men hech qachon uning murabbiyligi ostida bevosita mashg‘ulot o‘tkazmagan bo‘lsam ham munosabatlarimiz yaxshi. Men qandaydir darajada uning muxlisi hisoblanaman”, deb o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi Jyerrard.

Top