10:37 / 26.09.2015
7424

Toshkentda ikki ulfatning mushtlashuvi o‘lim bilan yakun topdi

Toshkentda ikki ulfatning mushtlashuvi o‘lim bilan yakun topdi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda. Aytilishicha, asli qoraqalpog‘istonlik bo‘lgan Yusupboy Turganbayev Toshkent shahrida Vova Ogorov ismli shaxs bilan tanishib qolib, u bilan ulfatchilik qilgan. Ikki piyonista qurilishi bitmagan binolardan birida tunab qolishgan.

Ertalab turib, yonidagi 40 ming so‘m pul yo‘qolganini ko‘rgan Turganbayev Ogorovdan gumon qilib, uni kaltaklagan va shu yerning o‘zida tashlab ketgan.
Voqea guvohlari tez yordam chaqirganliklariga qaramay, Ogorov voqea joyida vafot etgan.
Sud hukmi bilan Turganbayev 10 yilga qamaldi.

Top