00:45 / 27.09.2015
12604

KUN.UZ dayjesti: 26 sentabrda keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 26 sentabr kuni keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlarni takroran havola etamiz.

OAVda kelin tanlashda qanday mezonlar e'tiborga olinishi aytildi>>

“Oila davrasida” chiqqan maqolada kelinlarni tanlash borasida maydonga kelayotgan yangi mezonlar masalasiga to‘xtalib o‘tildi

Erdo‘g‘an Saudiya Arabistonini hajdagi tiqilinchdagi fojiada ayblashni noto‘g‘ri deb hisoblamoqda>>

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an haj paytida Mino vodiysida yuz began fojiada barcha aybni Saudiya Arabistoni hukumati zimmasiga yuklashni noto‘g‘ri deb hisoblamoqda

Tojikiston bosh prokuraturasi: isyonchi general tarafdorlari xorijdan moliyalashtirilgan>>

Tojikistondagi isyonchi general Abduhalim Nazarzoda boshchiligidagi terrorchilik guruhi tarafdorlari xorijdan moliyalashtirilgan

OAV: Braziliya sudi Neymarning 48 mln dollarlik hisob raqamini muzlatib qo‘ydi>>

Braziliya sudi futbol bo‘yicha milliy terma jamoa o‘yinchisi Neymar va uning oilasi a'zolarini soliq to‘lamaslikda gumon qilib, ularning bankdagi hisob raqamlarini muzlatib qo‘ydi

Yemelyanenko yangi yil kechasida o‘tkazadigan janggi uchun 2,5 mln dollar oladi>>

Aralash qoidalar bo‘yicha rossiyalik mashhur sportchi Fedor Yemelyanenko katta tanaffusdan keyingi ilk jangini yangi yil oqshomida o‘tkazishi ma'lum bo‘lgandi. U bu jangda ishtirok etishi uchunoq 2,5 mln dollar oladi

Volkswagen‘ning 5 mln avtomobili nosoz dasturiy ta'minot bilan jihozlangani ma'lum bo‘ldi>>

Volkswagen markasidagi 5 mlnga yaqin avtomobil nosoz dasturiy ta'minot bilan jihozlangan bo‘lgan, deb aytdi kompaniyaning yangi rahbari Mattias Myuller Volfsburgda bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumanida

Top