01:02 / 27.09.2015
6616

KUN.UZ dayjesti: 26 sentabrda ro‘y bergan eng asosiy xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 26 sentabr kuni ro‘y bergan eng asosiy xabarlarni takroran havola etamiz.

Abdulaziz Komilov: O‘zbekiston 2030 yilda o‘rtadan yuqori rivojlangan davlatlar qatoriga kiradi>>

25 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMT Bosh Assambleyasi 70-sessiyasida chiqish qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Pan Gi Mun bilan uchrashdi>>

2015-yilning 25 sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi bosh qarorhogida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bilan uchrashdi

O‘zbekiston avtomobil yo‘llarni tiklash uchun 2 mlrd dollar jalb qiladi>>

Yaqin 3 yil ichida O‘zbekistonda 1,1 ming kilometr umumiy foydalanishga mo‘ljallangan avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilinadi

Tojikiston Bosh prokuraturasi: Nazarzoda o‘z niyati uchun 5 yil tayyorgarlik ko‘rgan>>

Tojikiston Mudofaa vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Abduxalim Nazarzoda harbiy isyon uchun 2010 yildan beri tayyorlanib kelgan

Manba: AQSh razvedkasi Rossiya Suriyaga aviazarbalar berishga tayyor deb hisoblamoqda>>

AQSh razvedkasining fikricha, Rossiya “istalgan lahzada” Suriyaga aviazarbalar berishni boshlashga tayyor

OAV: Rossiya qiruvchi samolyotlari Suriya ustidan amalga oshirayotgan parvozlarini yashirmoqda>>

Noma'lum bo‘lib qolishni istagan AQSh amaldori CNN telekanaliga Suriya osmonida payqalmaslik uchun o‘chirilgan transponderlar bilan uchayotgan Rossiya qiruvchi samolyotlari kuzatilganini aytdi

AQSh razvedkasi Obamani Suriyadagi Rossiya samolyotlari to‘liq tayyorgarlik holatida ekanligidan ogohlantirdi>>

Rossiyaning Suriyadagi samolyotlari mamlakat prezidenti Bashar Asadning dushmanlari pozitsiyalariga aviazarbalar berishga to‘liq tayyorgarlik holatida turibdi

Saudiya Arabistoni muftiysi: hajda tiqilinchning oldini olishning imkoni yo‘q edi>>

Saudiya Arabistonining oliy muftiysi Abdulaziz ibn Abdulloh al-Shayh 24 sentabrda haj davomida yuzaga kelgan tiqilinchning oldini hech kim ololmagan bo‘lardi

Armaniston Ozarbayjonni o‘z hududiga raketa uchirganlikda aybladi>>

Ozarbayjon hududidan uchirilgan raketa Armanistonga kelib tushishi natijasida 4 arman askari halok bo‘lgan

Hajda tiqilinch oqibatida halok bo‘lganlar soni 769 nafarga yetdi>>

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Makkada haj davomida yuzaga kelgan tiqilinch oqibatida halok bo‘lgan ziyoratchilar soni 769 nafarga yetdi, jarohatlanganlar esa 934 nafarni tashkil qildi

Singapurda havoning kuchli ifloslanganligi kuzatildi>>

25 sentabrda Singapur hukumati havoning rekord darajadagi ifloslanganligi sababli mahalliy maktablarni yopib qo‘ydi. Ifloslanganlik darajasi maksimal qiymatdagi chegaradan – 320 birlikdan oshib, mutaxassislar tomonidan “xavfli” deb baholandi

Manba: Rossiya, Suriya, Iroq va Eron IShIDga qarshi kurash doirasida axborot markazi tashkil qildi>>

Rossiya, Suriya, Iroq va Eron IShID jangarilarining harakatlari to‘g‘risida o‘zaro aloqada bo‘lib turish uchun axborot markazi tashkil qilgan

Bangkok teraktini ijro etish bo‘yicha asosiy gumondor aybiga iqror bo‘ldi>>

Tailand hukumati 17 avgust kuni Bangkok shahrida amalga oshirilgan teraktga aloqadorlikda gumon qilinib, hibsga olingan xorijlik shaxs teraktni ijro etgani tasdiqlangani haqida ma'lum qildi

Messi “Las-Palmas”ga qarshi uchrashuvda olgan jarohati tufayli 7-8 hafta o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi>>

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Ispaniya Primerasi 6-turidan o‘rin olgan “Las-Palmas”ga qarshi uchrashuvda tizza payidan jarohat oldi va uchrashuvning 10-daqiqasida almashtirildi

“Manchester Yunayted” Angliya chempionatida yetakchilikni qo‘lga oldi>>

Angliya Premer-ligasining 7-turida “Manchester Yunayted” o‘z maydonida 3:0 hisobida “Sanderlend”ni mag‘lub etdi. Lui van gal shogirdlari ushbu g‘alabalari va “Manchester Siti”ning “Tottenxem”dan mag‘lubiyatga uchrashi evaziga chempionatda yetakchilikni qo‘lga oldilar

Top