21:45 / 27.09.2015
7022

KUN.UZ dayjesti: haftaning eng asosiy xabarlari (21-27 sentabr)

Islom Karimov Oqsaroyda Janubiy Koreyaning “Eksport-import banki” prezidentini qabul qildi>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 22 sentabr kuni Oqsaroyda Koreya Respublikasi Eksport-import banki (Eksimbank) prezidenti Li Duk Xunni qabul qildi.

O‘zbekiston Xalq artisti Obid Yunusov olamdan o‘tdi>>

21 sentabr kuni 04:50larda O‘zbekiston Xalq artisti, Obid Yunusov 81 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqdagi xabarlar dastavval ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

O‘zbekiston aholisi internetga ulanish bo‘yicha 130-o‘rinni egalladi>>

BMTning keng polosali aloqasi bo‘yicha maxsus komissiyasi butun dunyoda bo‘yicha keng polosali internetga ulanish bo‘yicha hisobot tayyorladi va mos reyting tuzdi. Bu reytingda O‘zbekiston 190 ta davlat ichidan 130-o‘rinni egalladi.

2015 yilda Yevropaga borish yo‘lida 2970 nafar muhojir halok bo‘lgan>>

21 sentabr kuni holatiga ko‘ra, 2015 yil boshidan buyon Yevropaga yetib olish maqsadida yo‘lga chiqqan muhojirlardan 2870 nafari O‘rta Yer dengizi suvlarida halok bo‘lgan. Bu haqda Migratsiya masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilot ma'lumotida aytildi.

Suriyada o‘zbekistonlik kamikadze terakt sodir etdi>>

Tolibon va al-Qoida guruhlari bilan hamkorlik qilgan asli o‘zbekistonlik jangari 18 sentabr kuni Suriyaning Fua qishlog‘ida o‘zini yuk mashinasiga qo‘shib havoga uchirdi.

O‘zbekiston aholisining 94 foizi islomga e'tiqod qiladi>>

Bugungi kunda O‘zbekiston aholisi 31 mln dan ortiq bo‘lib, 130dan ortiq millat va elat vakillaridan iboratdir. Aholining 94 foizi islomga e'tiqod qiladi, 3.5 foizi pravoslavlar, qolganlar esa boshqa dinlarga e'tiqod qiladi.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda ommaviy zo‘ravonlik ehtimoli eng past mamlakat>>

Amerikaning Vashingtondagi Xolokost yodgorlik muzeyi mutaxassislari O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari ichida tinch aholi tomonidan ommaviy zo‘ravonlik sodir etilishi ehtimoli eng past darajaga ega mamlakat sifatida qayd etildi.

Moskvadagi Markaziy masjidning yangi binosidan fotolavhalar>>

Avval xabar qilganimizdek, 23 sentabr kuni Rossiya poytaxti Moskva shahridagi Markaziy masjid yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Erdo‘g‘an: muhojirlar bilan bog‘liq vaziyat uchun butun insoniyat uyalishi kerak>>

Yaqin Sharqdagi vaziyat hamda uning oqibatida yuz minglab odamlarning Yevropaga qochishi uchun butun insoniyat uyalmog‘i lozim. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Moskva jome masjidining ochilish marosimida aytib o‘tdi.

Putin: IShID mafkurasi yolg‘onga va islomni buzib ko‘rsatishga qurilgan>>

IShID guruhi terrorchilari islomni buzib ko‘rsatib, o‘z mafkuralarini yolg‘on ustiga qurmoqda, deb hisoblaydi Rossiya prezidenti Vladimir Putin. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

O‘zbekistonda Qurbon hayiti keng nishonlandi>>

O‘zbekistonda ezgulik, saxovat, mehr-oqibat, qanoat va shukronalik ayyomi – muborak Qurbon hayiti keng nishonlanmoqda.

Hajda tiqilinch oqibatida halok bo‘lganlar soni 769 nafarga yetdi>>

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Makkada haj davomida yuzaga kelgan tiqilinch oqibatida halok bo‘lgan ziyoratchilar soni 769 nafarga yetdi, jarohatlanganlar esa 934 nafarni tashkil qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita: Mino vodiysida o‘zbekistonlik hojilar hech qanday talofat ko‘rmadi>>

24 sentabr kuni Saudiya Arabistonining Makka shahri yaqinidagi Mino vodiysida yuzaga kelgan tiqilinchda halok bo‘lganlar soni 450 nafardan oshdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlar bo‘yicha qo‘mitaning xabar berishicha, ular orasida o‘zbekistonliklar yo‘q.

O‘zbekiston xalq artisti O‘lmas Alixo‘jayev vafot etdi>>

25 sentabr kuni O‘zbekiston xalq artisti O‘lmas Alixo‘jayev 73 yoshida vafot etdi.
Uning vafoti munosabati bilan “O‘zbekkino” milliy agentligi ta'ziyanoma e'lon qildi.

Saudiya Arabistoni qiroli hajning o‘tkazilish tartibini qayta ko‘rib chiqishga buyruq berdi>>

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Al-Saud haj paytida yuz bergan ko‘plab insonlar o‘limiga olib kelgan fojialar ortida hajning o‘tkazilish tartibini qayta ko‘rib chiqishga buyruq berdi.

Makkadagi tiqilinchlikda 7 davlat fuqarolari halok bo‘lgani aytildi>>

Mino vodiysida yuzaga kelgan tiqilinchlik oqibatida halok bo‘lgan 769 kishilar orasida 7 davlat fuqarolari bor ekanligi aytildi.

Qozog‘istonda Orol dengizi qayta tirilmoqda>>

Orol fojiasini yumshatish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natija bermoqda, deb yozadi Novosti-Kazaxstan agentligi.

“O‘zbektelekom” O‘zbekiston bo‘ylab Wi-Fi tarmoqlarini kengaytiradi>>

CT WEEK Uzbekistan-2015 haftaligi doirasida 2015 yilning 16 sentabrida Samarqand shahrida “AKT va turizm” konferensiyasi bo‘lib o‘tgan edi. “O‘zbektelekom” aksionerlik kompaniyasi mazkur konferensiyada O‘zbekiston Respublikasidagi tarixiy va madaniy yodgorliklar, shuningdek, jamoat va faol sayyohlik obektlari hududlarida simsiz radioaloqa tarmoqlarini tashkil etish loyihasini rivojlantirish rejasini namoyish qildi.

Putin AQSh erishgan ajoyib muvaffaqiyatlarning sababini keltirib o‘tdi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikaliklarning ijodiy yondashuvi, ochiqligi va erkinligi AQShga ajoyib muvaffaqiyatlarga erishishga imkon berdi. Bu haqda Putin CBS telekanalida efirga uzatiluvchi “60 Minutes” ko‘rsatuviga bergan intervyusida aytib o‘tdi.  

Obama Putin bilan Ukraina va Suriyadagi vaziyatlarni muhokama qilmoqchi>>

AQSh prezidenti Barak Obama Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi chog‘ida Ukraina va Suriyadagi vaziyatlarni muhokama qilmoqchi. Bu haqda Obama ma'muriyatidagi yuqori lavozimli amaldor shaxsga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

FIFA prezidenti Yozef Blatterga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi>>

Shveytsariya hukumati FIFA prezidenti Yozef Blatterga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi, deb xabar bermoqda tvitterda AR axborot agentligi.

Abdulaziz Komilov: O‘zbekiston 2030 yilda o‘rtadan yuqori rivojlangan davlatlar qatoriga kiradi>>

25 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMT Bosh Assambleyasi 70-sessiyasida chiqish qildi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Pan Gi Mun bilan uchrashdi>>

2015-yilning 25 sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi bosh qarorhogida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bilan uchrashdi.

O‘zbekiston avtomobil yo‘llarni tiklash uchun 2 mlrd dollar jalb qiladi>>

Yaqin 3 yil ichida O‘zbekistonda 1,1 ming kilometr umumiy foydalanishga mo‘ljallangan avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilinadi. Bu maqsadda O‘zbekiston 2 mlrd dollardan ko‘proq xorijiy sarmoya jalb qiladi.

Manba: Rossiya, Suriya, Iroq va Eron IShIDga qarshi kurash doirasida axborot markazi tashkil qildi>>

Rossiya, Suriya, Iroq va Eron IShID jangarilarining harakatlari to‘g‘risida o‘zaro aloqada bo‘lib turish uchun axborot markazi tashkil qilgan. 

Bangkok teraktini ijro etish bo‘yicha asosiy gumondor aybiga iqror bo‘ldi>>

Tailand hukumati 17 avgust kuni Bangkok shahrida amalga oshirilgan teraktga aloqadorlikda gumon qilinib, hibsga olingan xorijlik shaxs teraktni ijro etgani tasdiqlangani haqida ma'lum qildi.

Messi “Las-Palmas”ga qarshi uchrashuvda olgan jarohati tufayli 7-8 hafta o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi>>

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Ispaniya Primerasi 6-turidan o‘rin olgan “Las-Palmas”ga qarshi uchrashuvda tizza payidan jarohat oldi va uchrashuvning 10-daqiqasida almashtirildi.

Top