07:46 / 27.09.2015
4048

Markaziy Afrika Respublikasida musulmon va xristianlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 21 kishi halok bo‘ldi

Markaziy Afrika Respublikasining Bangi shahrida musulmon va xristianlar o‘rtasida sodir bo‘lgan to‘qnashuvlarda kamida 21 kishi halok bo‘ldi va 100 ga yaqini jarohat oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Shifokor va guvohlarning aytishicha, to‘qnashuvlar asosan xristianlar yashaydigan tumanda yuz bergan. Musulmonlar tomonidan nasroniylarga hujum ko‘chada jasadi topilgan musulmon uchun o‘ch olish sifatida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.

Qayd etilishicha, bu Fransiya va BMT tinchlikparvar kuchlari tomonidan qo‘riqlanuvchi shaharda yuz bergan eng jiddiy zo‘ravonlik holati bo‘ldi.

Top