14:50 / 27.09.2015
3790

Xamenei Ar-Riyodni Mino vodiysidagi noxush voqea uchun uzr so‘rashga chaqirdi

Eron diniy rahnamosi oyatullo Ali Xamenei Saudiya Arabistoni hukumatini 24 sentabr kuni Makka shahrida yuz bergan fojia uchun uzr so‘rashga chaqirdi.

"Bu voqea uchun barchani birma-bir ayblab chiqish o‘rniga saudiyaliklar barcha mas'uliyatni o‘z zimmalariga olishlari va halok bo‘lgan musulmonlarning oila a'zolaridan kechirim so‘rashlari kerak", deydi Xamenei.

Biroz oldinroq, ushbu tiqilinch natijasida halok bo‘lgan yuzlab ziyoratchilardan 131 nafari eronlik ekani aniqlangandi.

Top