18:13 / 28.09.2015
1925

Aeroflot 25 oktabrdan Ukrainaga parvozlarni amalga oshira olmasligidan ogohlantirildi

Ukraina hukumati Rossiyaning bir qator aviakompaniyalariga o‘z hududiga reyslarni amalga oshirishni taqiqlab qo‘ydi. Dushanba kuni rasmiy Kiyev bu haqda tegishli kompaniyalarga xabarnoma yo‘lladi.

Rossiyaning eng yirik aviatashuvchisi Aeroflot ham 25 oktabrdan Ukrainaga parvozlarni amalga oshira olmasligidan ogohlantirildi.
Aytilishicha, aviakompaniya qishki grafik bo‘yicha reyslarni bekor qilishiga to‘g‘ri keladi. Bu reyslar 25 oktabrdan boshlanadi.

Top