17:56 / 28.09.2015
2810

Anyukov yechinish xonasida janjallashgani haqidagi xabarlardan keyin mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgani ham ma'lum bo‘ldi

Rossiyaning «Zenit» klubi himoyachisi Aleksandr Anyukov YeChL doirasidagi Belgiyaning «Gent» klubiga qarshi uchrashuvdan oldingi rasmiy mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan. Bu haqda «R-Sport» nashri xabar tarqatdi.

Klub vakillarining so‘zlariga ko‘ra, «himoyachi davolanmoqda».

27 sentabr kuni «NTV Plyus» telekanali sharhlovchisi Aleksey Andronov, Rossiya chempionatining 10-turi doirasidagi «Spartak»ka qarshi uchrashuvdan (2:2) keyin yechinish xonasida Yuriy Lodygin bilan dahanaki jangga kirishgani haqida xabar qilgandi.

Klub rasmiylari mazkur xabyuarni inkor qilib, ikkala futbolchi o‘rtasida do‘stona aloqalar mavjudligiga ishora qilib o‘tgandi. Shuningdek ular Anyukov o‘yindan keyin yechinish xonasiga kirmagan va uzoq muddat doping-tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Top