17:35 / 28.09.2015
3532

Haj ibodati vaqtida ikki nafar tojikistonlik ziyoratchi hayotdan ko‘z yumdi

Islomning besh asosiy farzidan biri hisoblangan haj ibodatini ado etish vaqtida ikki nafar Tojikiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda TojikistonDin ishlari bo‘yicha qo‘mitasi xabar qildi.

Ma'lum qilinishicha, haj mavsumi vaqtida yurak yetishmovchiligi xastaligi bilan og‘rigan Tursunzoda va dushanbelik 66 va 51 yoshli ayollar vafot etishgan.

Shu munosabat bilan Tojikiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi va “Haj-2015” shtabi vafot etganlarning yaqinlariga o‘z hamdardligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2014 yilgi hisoblarga ko‘ra, Tojikiston aholisi 8,5 million nafarga yaqinlashib qolgan bo‘lib, har yili haj ibodatini 6 ming nafardan ziyod fuqarolari ado etib keladi.

Top