22:31 / 28.09.2015
2414

Hindistonda qayiq 300 yo‘lovchisi bilan ag‘darildi, 50 kishi izsiz g‘oyib bo‘ldi

Hindustan Times nashrining xabar berishicha, Hindistonning shimoli-sharqida joylashgan Assam shtatidagi daryoda haddan tashqari ko‘p yo‘lovchi olgan qayiqning ag‘darilishi natijasida 50 kishi izsiz yo‘qoldi.

Voqea Kaloxa daryosida bortida 250 nafardan 300 nafargacha odam ortib olgan motorli qayiqning motori o‘chib, ko‘prikning ustuniga borib urilgach, sodir bo‘lgan.

Guvaxata shtati markazidan 50 km masofda sodir bo‘lgan falokat joyida qutqaruvchilar yaralanganlar va halok bo‘lganlarning jasadlarini qidirishmoqda.

Nashrning aniqlashicha, bunday qayiq 100 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, hech qanday nazorat yo‘qligi sababli qayiq egalari 250 dan 300 nafargacha yo‘lovchi olishmoqda.

Top