20:16 / 28.09.2015
4285

Obama: biz muhojir millatmiz

AQSh prezidenti Barak Obama BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasida irod qilgan nutqida dolzarb muammolardan biri bo‘lmish muhojirlar masalasiga e'tiborni qaratdi.

U AQSh muhojirlar uchun asosiy donor ekani haqida aytdi.

"Biz muhojirlarga yordam berish maqsadida yangi harakatlarni boshlaymiz. Biz muhojirparvar xalqmiz, chunki biz o‘zimiz muhojirlarmiz", deydi Obama.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muhojirlarga yordam ko‘rsatish masalasi - kollektiv xavfsizlik masalasidir.

Obama yig‘ilganlarni kasalliklar va qashshoqlikka qarshi kurashishga chaqirdi.

Top