11:31 / 28.09.2015
3052

Oq uy: Obama BMT Bosh Assambleyasida IShIDga qarshi hamkorlikda kurashish zaruriyati haqida so‘zlaydi

AQSh prezidenti Barak Obama 28 sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida IShIDga qarshi hamjihatlikda kurash olib borishni kuchaytirish, shuningdek, Suriya inqiroziga siyosiy yechim topishga chaqiradi. Bu haqda jurnalistlarga 27 sentabr kuni Oq uy vakili ma'lum qildi.

“U barcha mamlakatlar Suriyada hokimiyatni boshqa siyosiy kuchlarga topshirish imkoniyatlarni qidirayotgan va buni qo‘llab-quvvatlashga berilgan sharoitda IShIDga qarshi bizning harbiy qarshiligimizni kuchaytirish zaruriyati to‘g‘risida nutq so‘zlaydi”, - dedi Oq uy vakili.

Shuningdek, Amerika ma'muriyati rahbari “Eron yadro dasturi to‘g‘risidagi shartnoma xalqaro hamkorlik bilan nimalarga erishish mumkinligiga bir misol ekanini namoyish etadi”.

AQSh prezidenti BMTda, shuningdek, “xavfsizlik shunchaki taraqqiyot emas, balki sog‘liqni saqlash, savdo-sotiq, iqlim o‘zgarishlari oqibatlariga qarshi kurashishga bog‘liq ekani, shu yo‘l bilan dunyodagi beqarorlikka olib keluvchi sabablarni qisqartirish mumkinligini aytib o‘tadi. “U mamlakatlar faqatgina o‘zining barcha fuqarolarini hurmat qilgan taqdirdagina uzoq muddatli istiqbolda muvaffaqiyatga erishi mumkinligini aniq ta'kidlab o‘tadi”, - deya qo‘shimcha qildi Oq uy vakili.

AQSh ma'muriyati vakilining so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti sessiya ishtirokchilarini davlat jamiyat bilan hamjihatlikda ish olib borgandagina g‘oliblikka erishishi, biroq “zo‘ravonlik yo‘li”ni tanlasa, “kuchsizlanib, yakunda barbod bo‘lishi”ga e'tibor qaritishga chaqiradi.

Obamaning Bosh Assambleyadagi nutqi 28 sentabr kuni soat 10:00da (Toshkent vaqti bilan 18:00)da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Top