23:09 / 28.09.2015
2874

O‘zbekiston delegatsiyasi Nyu-Yorkda Italiya TIV rahbari bilan uchrashdi

2015 yilning 26 sentabr kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining BMT Bosh Assambleyasi 70-sessiyasi ishida ishtiroki doirasida tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Italiya Respublikasi tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Paolo Jyentiloni bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston-Italiya munosabatlarining holati va istiqbollarini muhokama qildilar hamda BMT Bosh Assambleyasining joriy sessiyasi kun tartibi va dolzarb xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv davomida turli darajadagi aloqalarni faollashtirish, jumladan navbatdagi siyosiy maslahatlashuvlarni va hamkorlikning qo‘shma institutlari majlislarini o‘tkazish muddatlari bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Top