17:09 / 28.09.2015
2411

PSJ muxlislariga Ukrainaga ChL o‘yiniga bormaslikni maslahat berdi

PSJ jamoasi rahbariyati rasmiy saytida e'lon qilgan bayonotida muxlislariga Ukrainaga ChL doirasida Donetskning “Shaxtyor” jamoasiga qarshi o‘tkaziladigan o‘yiniga bormaslikni maslahat berdi.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasi guruh bosqichining ikkinchi turi doirasidagi ushbu uchrashuv 30 sentabr kuni Lvovda bo‘lib o‘tadi.

Xabarnomada aytilishicha, Fransiya klubi Ukrainadagi siyosiy vaziyat tufayli muxlislari uchun Lvovga tashrifni tashkil etmaydi. Bundan tashqari, klub muxlislariga mustaqil ravishda o‘yinga bormaslikni tavsiya qildi.

Top