09:41 / 28.09.2015
5624

Putin AQSh prezidentiga baho berishdan bosh tortdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin unga AQShning ochiqligi va samimiyligi yoqishini ta'kidladi. Shu bilan birga, u AQSh rahbari Barak Obamaga baho berishdan bosh tortdi.
Charli Rouzning u bilan CBS va PBS telekanallari uchun o‘tkazgan intervyusining stenogrammasi Kreml matbuot xizmati tomonidan e'lon qilindi.

“AQShda bo‘layotgan voqealar butun dunyoga ta'sir o‘tkazishi diqqatga sazovordir”, - ta'kidladi Putin.
“AQShning oldida turgan muammolar hal qilinishiga ijodiy yondashilishi, ochiqlik va samimiylik odamlarning ichki salohiyatini ochish imkoniyatini beradi. Ko‘p jihatdan Amerika aynan shu tufayli o‘z taraqqiyotida ulkan yutuqlarga erishdi”, - deb ta'kidladi Putin.

Top