15:01 / 28.09.2015
3843

Putin: Rossiya harbiylarining Ukraina chegarasida bo‘lishi jinoyat emas

Rossiya harbiylarining o‘z davlat hududida, Ukraina chegarasiga yaqin zonada joylashuvi jinoyat hisoblanmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik jurnalist Charli Rouzga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Charli Rouzning u bilan CBS va PBS telekanallari uchun o‘tkazgan intervyusining stenogrammasi Kreml matbuot xizmati tomonidan e'lon qilindi.
“Agar biz o‘z harbiylarimizni o‘z hududimizda, boshqa biror davlat chegarasi yaqinida ushlab tursak, buni ham jinoyat deb hisoblaysizmi?”, - deb jurnalistning savoliga savol bilan javob berdi Putin.
Shuningdek, u Yevropada AQSh harbiy qismlarining mavjudligini eslatib o‘tdi.

Top