18:25 / 28.09.2015
1961

Rimda shift qulashi tufayli metro faoliyati to‘xtatildi

Rim metropolitenining bekatlaridan birida shiftning qulashi tufayli poyezdlar harakati to‘xtatildi. Bu haqda ANSA agentligi xabar bermoqda.

Voqea “Spanya” bekatida sodir bo‘ldi. Voqea payti bekatda turgan poyezd yo‘lovchilari evakuatsiya qilindi. Hech kim zarar yetmagani aytilmoqda. “Ottaviano” bekatidan “San-Jovanni” bekatigacha bo‘lgan qismda harakat to‘xtatilgan.
Metro ichidan evakuatsiya qilinayotgan yo‘lovchilarga bepul avtobuslar taqdim etilgan.

Top