18:52 / 28.09.2015
2328

Rossiya aviakompaniyalari Ukrainaga parvozlarni amalga oshira olmasligidan ogohlantirildi

Ukraina hukumati Rossiyaning bir qator aviakompaniyalariga o‘z hududiga reyslarni amalga oshirishni taqiqlab qo‘ydi. Dushanba kuni rasmiy Kiyev bu haqda tegishli kompaniyalarga xabarnoma yo‘lladi.

Bu kompaniyalar sirasida "Aeroflot", "Transaero", "Globus" va "Rossiya" kompaniyalari bor.

Xabarnomada aytilishicha, 25 oktabrdan boshlab ularning laynerlari Ukraina hududiga reyslarni amalga oshirishiga ruxsat berilmaydi.

“Uralskiye avialinii” aviakompaniyasi Ukraina hududiga muntazam charter reyslarini amalga oshirmaydi, shu bois u sanktsion ro‘yxatga kiritilmadi”, - deyiladi bayonotda.

Top