18:48 / 28.09.2015
4066

"Tolibonlar" Qunduzda yuzlab mahbuslarni ozodlikka chiqarib yuborishdi

"Tolibon" jangarilari Afg‘oniston shimolidagi Qunduzni egallab olgach, qamoqxonalarda saqlanayotgan yuzlab mahbuslarni ozodlikka chiqarib yuborgan.

Reyter agentligi bergan xabarga ko‘ra, jangarilar qamoqxonaga granatalar vositasida hujum qilishib, qo‘riqchilarni yo‘q qilishgan va turmani ishg‘ol qilishgan.

Qayd etilishicha, bu qamoqxonada saqlanayotgan mahbuslarning aksar qismi muqaddam jangarilar safida bo‘lishgan.

Biroz oldinroq, jangarilar Afg‘oniston shimolida keng miqyosli harbiy harakatlar boshlagani va ko‘p o‘tmasdan Qunduz shahrini egallashani haqida xabarlar berilgandi.

Top