10:16 / 29.09.2015
1925

2014 yil AQShda 70 nafarga yaqin kishi IShIDni qo‘llab-quvvatlagan yoki unga qo‘shilmoqchi bo‘lgani uchun hibsga olingan

O‘tgan yili AQShda 70 nafar kishi ustidan IShID terrorchilik guruhiga qo‘shilish, uni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, AQSh hududida teraktlar o‘tkazishni rejalashtirish ayblovi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Bu haqda 27 sentabr kuni, Nyu-Yorkdan masofa orqali olib borilgan telekonferensiya brifingi paytida AQSh bosh prokurori yordamchisi Jon Karlin aytib o‘tgan.
Hukumat bergan ma'lumotga qaraganda, 2014 yilda 250 amerikalik Yaqin Sharqdagi terrorchilar safiga borib qo‘shilgan yoki shunga harakat qilgan.
"Bu raqamlar ichiga biz qo‘lga tushirganlar ham kiradi. O‘tgan yili biz taxminan 70 nafar shaxsga nisbatan shu jinoyat bo‘yicha jinoiy ish ochganmiz”, - dedi Karlin. Ulardan 60 nafari IShID terrorchilik tashkilotini qo‘llab-quvvatlagan yoki ular safiga kirishga harakat qilgan. Qolgan 10 nafari esa, Karlinning so‘zlariga qaraganda, AQSh hududida terakt sodir etishni rejalashtirgan. Qo‘lga olinganlarning deyarli barchasi 25 gacha bo‘lganlar, har uchtadan bittasi esa 21 yoshdan quyi bo‘lganlarni tashkil etadi.

Top