09:30 / 29.09.2015
11854

BMT Bosh Assambleyasi: Putinning besh asosiy tezisi

BMT Bosh Assambleyasining 70-sammitidagi chiqishida Rossiya prezidenti Vladimir Putin zamonaviy dunyo oldida turgan asosiy masalalarni tezisli tarzda ifodalab berdi.
1. Rossiya yetakchisi NATOning Sharqqa tomon kengayib borayotganini ta'kidladi, shuningdek, G‘arb davlatlari sobiq Ittifoq davlatlari oldiga tanlash shartini qo‘yib, ularni o‘z-o‘zini anglash huquqidan mahrum qilayotganini ta'kidladi. Bunga misol tariqasida u Ukrainani keltirdi.
“Tahdid va qurol kuchi bilan Ukrainada tinchlikni o‘rnatib bo‘lmaydi. Buni esa bajarish shart. Donbassda insonlar manfaatini hisobga olish, ularning tanloviga hurmat bilan qarash, Minsk kelishuvlariga binoan ular bilan davlat tizimi borasida hisoblashish zarur”, - ta'kidladi Putin.
2. Vladimir Putin IShIDga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirish zarurligini yanabir bor ta'kidlab o‘tdi.
“Biz ambitsiyalarga emas, umumiy qadriyatlar va umumiy manfaatlarga tayanishni taklif qilamiz. Xalqaro huquq asosida oldimizda turgan masalalarni hal qilish hamda xalqaro aksilterror koalitsiyasini tuzishni muhim deb hisoblaymiz”, - dedi u.
3. Xalqaro savdoda muvozanatni saqlab qolish uchun Xalqaro savdo tashkiloti prinsiplariga qat'iy tayanish Putinning navbatdagi talablaridan biri bo‘ldi.
“Bugun BMT ustavini bir tomonlama chetlash deyarl me'yorga aylanib ulgurdi. Ular nafaqat siyosiy maqsadlarga xizmat qiladi, balki raqobatchilarni bozordan siqib chiqarishga ham sabab bo‘ladi. Xalqaro iqtisodiy xudbinlikning yana bir simptomini qayd qilaman. Bir qator davlatlar yopiq, eksklyuziv iqtisodiy tashkilotlar tuzish yo‘lidan bormoqda, bu boradagi muzokaralar o‘z fuqarolaridan yashirin holda, o‘z ishbilarmon doiralari va jamoatchiligidan, boshqa davlatlardan yashirin holda olib borilmoqda”, - qayd qildi Rossiya yetakchisi.
4. Putin IShID “yo‘q joydan” paydo bo‘lmaganini ta'kidladi. U terrorchilar bilan “o‘yin o‘ynash” yaxshilikka olib kelmasligidan ogohlantirdi:
“Terrorchilar bilan o‘yin o‘ynash, ularni qurollantirish nafaqat uzoqni ko‘zlab qilinmagan ish hisoblanadi, balki u ulkan xalqaro yong‘in keltirib chiqarishi mumkin. Buning oqibatida global terrorchilik tahdidi o‘sib, yangi mintaqalarni qamrab olishi mumkin, jumladan, IShID bazalarida turli davlatlar fuqarolari tayyorgarlik o‘tamoqda”.
5. Putin, shuningdek, BMTning boshqa davlatlar bilan aloqalar haqida gapirdi.
“Albatta, dunyo o‘zgarmoqda, BMT bu tabiiy transformatsiyaga moslashib borishi zarur. Rossiya keng murosa asosida BMT va barcha hamkorlar bilan bu ishni amalga oshirishda ishtirok etishga tayyor. BMT obro‘ini tushirishga bo‘lgan urinishlarni juda xavfli deb hisoblaymiz. Bu butun xalqaro munosabatlar arxitekturasi buzilishiga olib kelishi mumkin”, - dedi u.

Top