00:08 / 29.09.2015
3735

Eron prezidenti: biz urush va sanksiyalarni unutmaymiz, biroq tinchlik va rivojlanishga umid qilamiz

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy o‘zining BMT Bosh assambleyasidagi nutqida terrorchilikka qarshi kurashni huquqiy xalqaro hujjatga qo‘shishni taklif qildi.

“Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika dunyodagi eng notinch joylarga aylandi”, deb aytdi Ruhoniy.

Ruhoniy “bizning mintaqadagi milliy isyonlar terrorchilar tomonidan boshqarilayotgani ayanchli holat” deb aytdi.

Eron prezidenti “Eron demokratiyaga yo‘l ochish uchun terrorchilikni yo‘q qilishda ko‘mak berishga tayyorligini” ta'kidlab o‘tdi. “Bugun Eron tarixiy merosini saqlab qolmoqda, biroq hamkorlik va birgalikda mvjud bo‘lish istiqboliga ega kelajakka ham yuzlanmoqda”, deb qo‘shimcha qildi Ruhoniy.

“Biz o‘tmishni unutmaymiz, biroq o‘tmishda ham yashashni istamaymiz. Biz urush va sanksiyalarni unutmaymiz, biroq tinchlik va rivojlanishga umid qilamiz. Biz o‘zaro hurmat qilishga asoslangan xalqaro tartibni yangidan yaratishni taklif qilmoqdamiz”, deb ta'kidlab o‘tdi Ruhoniy.

Top