08:23 / 29.09.2015
3780

Internetda Ronaldu haqidagi film treyleri paydo bo‘ldi

Internetda portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduning sarguzashtlari haqidagi hujjatli film paydo bo‘ldi. Ushbu 2 daqiqali rolikda kartinaning 9 noyabr kuni premera qilinishi aytilgan.

Ushbu kartina ijodkorlari 14 oy davomida ish olib borishgan. Mualliflar bu film orqali Ronalduning hayotida ko‘pchilikka noayon sirlarning oshkor etilishiga ishontirishmoqda. Mualliflar Ronalduning faqat futbolchi sifatidagina emas, ota sifatida, oilaparvar inson sifatida hamda yaxshi do‘st sifatida ham ko‘rsatishgan.

Ma'lumot uchun, 30 yoshli futbolchi Portugaliya futboli tarixidagi eng kuchli futbolchi sifatida tan olingan. Unga 2015 yilning yanvarida uchinchi marta "Oltin to‘p" mukofoti topshirilgan.

Top