09:35 / 29.09.2015
3053

Ko‘krak saratoniga qarshi kurash aksiyasi doirasida Eyfel minorasi pushti rangga bo‘yaldi

Sut bezlari saratoniga qarshi kurash aksiyasi doirasida Eyfel minorasi pushti rang projyektorlar bilan yoritildi, deb xabar beradi France Soir gazetasi.
Bundan tashqari, minorada saratonga qarshi kurash xalqaro dasturi ramzi bo‘lmish pushti rang tasma paydo bo‘ldi.
Aytilishicha, bu Fransiyada “Pushti rang oktabr” aksiyasining boshlanishi bo‘ldi. Aktsiya 20 yildan buyon o‘tkazilib kelinadi.

Top