15:49 / 29.09.2015
1953

Manba: Bag‘doddagi axborot markazi oktabr-noyabr oylarida ish boshlaydi

Bag‘dod shahridagi Iroq, Suriya, Eron va Rossiya o‘rtasidagi razvedka ma'lumotlarini almashish axborot markazi o‘z ishini 2015 yilning oktabr-noyabr oylarida boshlaydi. Bu haqda RIA “Novosti” harbiy-diplomat axborot manbasiga asoslanib xabar berdi.

“Axborotlar almashish, bu — so‘zsiz, to‘rtta mamlakat tomonidan qo‘lga kiritilgan razvedka ma'lumotlarini ayirboshlash demakdir. Mintaqada IShID ta'sirining tarqalish xavfi kuchaygan davrda bu ishonch va mas'uliyat uchun muhim palladir. Markaz oktabr-noyabr oylari davomida ochiladi”, - dedi axborot manbasi.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, axborot markazini ta'sischi davlatlarning harbiy rahbarlari uch oydan navbati bilan boshqaradi.

Bundan avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Barak Obama bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng BMT Bosh Assambleyasi maydonida Iroqning Bag‘dod shahrida tashkil etilgan axborot markazi terrorizmga qarshi kurashga qiziqish bildirgan qariyb barcha mamlakatlar uchun ochiq ekanini ma'lum qilgan edi.

Top