07:34 / 29.09.2015
2195

Nursulton Nazarboyev: keyingi 30 yilda dunyo harbiy mojarolar muammosini yo‘q qilishi kerak

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev BMT Bosh assambleyasi 70-sessiyasidagi nutqida dunyo 70 yillik harbiy mojarolar davomida yangilarining paydo bo‘lishini yo‘q qilish uchun hanuzgacha yechim topa olmaganini ta'kidlab o‘tdi.

Nazarboyev insoniyat urushga yo‘l qo‘ymaslik uchun yangi rivojlanish strategiyasiga o‘tishi kerak, deb aytib o‘tdi.

Qozog‘iston rahbarining aytishicha, BMT o‘zining 100 yilligigacha harbiy mojarolar muammosini butunlay hal qilishi zarur. “Yaqin 30 yil ichida dunyo harbiy mojarolar muammosini yo‘q qilishi kerak”, deb ta'kidlab o‘tdi Nazarboyev.

Top