08:34 / 29.09.2015
3589

Obama BMTda raqs va ibodat o‘rtasida qolgani haqida hazil qildi

AQSh prezidenti Barak Obama hazil tariqasida BMT sahnasida ibodat qilishi kerakmi, raqsga tushishmi – bilmay qolganini ma'lum qildi. U BMT Bosh Assambleyasi doirasida davlat va hukumatlar rahbarlari uchun tashkil etilgan bayramona tushlikdagi qadah so‘zini ushbu jumlalar bilan boshladi.

Bu so‘zlarni BMTning global taraqqiyot sammitining ochilishida dastlab Rim papasi, so‘ngra qo‘shiqchi Shakira chiqish qilganiga ishora qilib aytib o‘tdi.

“Faqatgina Birlashgan Millatlar Tashkilotida Rim papasi Frantsisk va qo‘shiqchi Shakira bitta sahnada namoyon bo‘lishi mumkin... Men hatto bilmay qoldim – ibodat qilishim kerakmi yoki raqsga tushish”, - dedi Obama.

Qo‘shma Shtatlar prezidenti ohangiga jiddiy tus berib, yakuniga yetajak sammitda 17ta maqsadni oldiga qo‘yganini ma'lum qilib o‘tdi. “Bu faqatgina birinchi qadam, endi haqiqiy ishlar boshlanadi”, - dedi amerikalik yetakchi.

Top