08:06 / 29.09.2015
4007

Putin: sanksiyalar dunyo qoidalarini qayta yozmoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putin BMT Bosh assambleyasidagi nutqi davomida davlatlar, jumladan Rossiyaga qarshi xalqaro sanksiyalar nafaqat siyosiy ko‘rinishga ega, balki bozordan raqobatchilarni bartaraf etishga ham xizmat qiladi, deb aytdi.

“BMTni chetlab o‘tgan holda davlatlarga sanksiyalar kiritish oddiy holga aylanib qoldi, ular bozordan raqobatchilarni bartaraf etish usuli bo‘lib xizmat qiladi”, deb aytdi Putin.

Putinning ta'kidlashicha, yaqindagina davlatlar iqtisodiy chegaralarsiz dunyoni, misol uchun Jahon savdo tashkiloti (JST) doirasida, orzu qilayotgan edilar, biroq sanksiyalar bunday munozaralarni yo‘qqa chiqaradi.

“Ehtimol, bizni o‘yin qoidalari tor doiradagi davlatlar manfaatlarini hisobga olib yangidan yozilgani holati oldiga qo‘yishmoqchidir. Bu jahon iqtisodiyotining butunlay izdan chiqishiga olib kelishi mumkin”, deb aytdi Putin.

Putin JST, BMT va “katta yigirmalik”ning yaqin oradagi yig‘ilishlarida iqtisodiyotning xalqaro muammolari hamda davlatlarga sanksiyalar kiritishni iqtisodiy bosim usuli sifatida muhokama qilishni taklif qilmoqda.

Putin Yevroosiyo va Yevropa Ittifoqi doirasida yagona iqtisodiy hududni uyg‘unlashtirishga alohida e'tibor qaratishga chaqirdi.

Top