08:02 / 29.09.2015
10297

Rossiya va AQSh prezidentlari BMTdagi lanch paytida bir stol atrofida o‘tirishdi

BMT Bosh assambleyasi 70-sessiyasi ishtirokchilari uchun tashkil etilgan lanch paytida ishtirokchilarning stollar atrofida o‘tirish sxemasidan Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Barak Obama o‘rtasida BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun o‘tirishi ayon bo‘ldi.

Sxemada Pan Gi Munning chap tomonida Putin, o‘ng tomonida Obama; Putinning yonida Iordaniya qiroli, Obama yonida esa Polsha prezidenti o‘tirishi ko‘rsatilgan.

Bosh kotib o‘tiradigan stol atrofida 12 ta delegatsiya rahbari, jumladan, Hindiston, Avstriya, Niderlandiya va Janubiy Koreya rahbarlari o‘tirishlari ko‘rsatilgan.

AQSh prezidenti Barak Obama lanch paytida qadah so‘zi aytdi.

“Men bu qadahni BMT, bizning uyushmamiz va biz javobgar bo‘lgan barcha odamlar uchun ko‘tarmoqchiman. Salomat bo‘laylik!”, deb aytdi Obama.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun va delegatsiyalar rahbarlari och qizil vino quyilgan qadahlarni ko‘tarishdi.

Top