10:02 / 29.09.2015
3328

Washington Post: Rossiya bilan munosabatlar Obama uchun BMTda ustuvor yo‘nalishga aylandi

Rossiya va AQSh yetakchilari “BMTda Suriya inqirozi masalasida to‘qnashishdi”. The Washington Post nashri Vladimir Putin va Barak Obamaning BMT Bosh Assambleyasi 70-sammitidagi chiqishini aynan shunday baholadi.
“Bizning xalqaro tartibga bo‘lgan sadoqatimiz Suriyadagichalik hali hech qayerda tasdiqlangan emas. Diktator o‘n minglab fuqarolarini shafqatsizlarcha o‘ldirayotgan paytda gap bitta davlatning ichki ishlari haqida borishi mumkin emas”, - dedi Obama. Bu, nashrning fikricha, uning Rossiya argumentlariga oldindan tayyorlanib kelganidan dalolat beradi.
Oradan bir soat o‘tib, Putin AQShni Yaqin Sharqda zo‘ravonlikni avj oldirishda aybladi: “Demokratiya eksporti degan tushuncha bugungi kunga kelib demkoratiyaga emas, balki zo‘ravonlik va ijtimoiy fojiaga olib kelmoqda”.
The Washington Post nashri “ushbu sparring ikki davlat rahbarining uchrashuvi oldidan” bo‘lib o‘tganini eslatib qo‘ydi.

Top