14:47 / 30.09.2015
2682

2015 yilda oliy o‘quv yurtlarini grant asosida bitirgan 7087 nafar yosh mutaxassis maktablarga ishga qabul qilinadi

2015 yilda O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlarini davlat granti asosida tamomlagan 7087 nafar yosh pedagog umumta'lim maktablariga ishga qabul qilinishi rejalashtirilgan. Bu haqda 29 sentabr kuni Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan 1 oktabr – “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan “Ta'lim va tarbiya uyg‘unligi – barkamol avlodni shakllantirishning muhim omili” mavzusidagi matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

Unda ta'kidlanganidek, hozirgi kunda xalq ta'limi tizimida 383 625 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ta'lim samaradorligini ta'minlash maqsadida Xalq ta'limi vazirligi tomonidan pedagoglar malakasiga katta e'tibor qaratilmoqda. Agar raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, 2006-2007 o‘quv yilida 68.5 foiz o‘qituvchilar oliy ma'lumotga ega bo‘lgan bo‘lsa, 2015-2016 o‘quv yilida umumta'lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarning 304 204 nafari ya'ni 79,5 foizi oliy ma'lumotga ega.

Top